

Pietro Komusso 66-daqiqada hisobni ochdi. Kristofer Nkunku esa 90-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qilgan holda milanliklarni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. Qayd etish kerakki, “Fiorentina” ustozi Paolo Vanoli 45+2 daqiqada ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi.
“Milan” 19 o'yindan so'ng 40 ochko jamg'argan holda, “Inter”dan so'ng ikkinchi o'rinda bormoqda. "Fiorentina" esa 20 o'yindan so'ng 14 ochko bilan 18-o'rinda joylashgan.


79-daqiqada Viktor Nelsson o'z darvozasiga to'p kiritib qo'ydi va rimliklarga mehmondan g'alaba bilan qaytishdi.
“Lacio” 20 o'yindan so'ng 28 ochko bilan 8-o'rinda, “Verona” esa 19 o'yindan so'ng 13 ochko bilan 19-o'rinni band etgan.


Federiko Dimarko 9-daqiqada hisobni ochdi. Skott Maktominey esa 26-daqiqada muvozanatni tikladi. 71-daqiqada neapolliklar bosh murabbiyi Antonio Konte jamoasiga nisbatan belgilangan penalti uchun noroziligini ochiqdan-ochiq ko'rsatgani ortidan qizil kartochka oldi. Xakan Chalxanoglu esa 73-daqiqada o'n bir metrlik nuqtadan raqib darvozasini ishg'ol qildi. Ammo, “Napoli” xavbeki Skott Maktominey 81-daqiqada hisobni tenglashtirib, jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.
“Inter” 19 o'yindan so'ng 43 ochko bilan turnir jadvalini boshqarmoqda, “Napoli” esa 19 o'yindan so'ng 39 ochko bilan uchinchi o'rinda joylashgan.





