“Roma” “Tottenxem”ga rad javobini berdi

28 avg 2020, 09:32
Rim va London klublari transfer borasida kelisha olmadi.

Londonning “Tottenxem” klubi Nikolo Zaniolo transferi yuzasidan “Roma”ga taklif bilan chiqdi. Biroq rimliklarga “shporlar”ning taklif maqul kelmagan va rad etilgan.

Qayd etilishicha, Zanioloning xizmatlariga “Yuventus”dan ham jiddiy qiziqish bor. Biroq “Roma” o'z yetakchisini bu mavsum qo'yib yuborish niyatida emas.

Nikoloning “Roma” bilan amaldagi kelishuvi 2024 yilda yakuniga etadi. U o'tgan mavsum “bo'rilar” safida 33 ta o'yinda qatnashib, 8 ta gol urdi va 3 ta assistni amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sport Italia