"Roma" so'nggi 7 o'yinda 1 g'alabaga erishdi

Mirjalol Normatov
15 may 2022, 14:14
"Roma" barcha turnirlardagi so'nggi 7 o'yinida 1 bora g'alabaga erishdi.

Kecha tunda Joze Mourinyu qo'l ostidagi jamoa A Seriyaning 37-turida "Veneciya" bilan durang o'ynadi. Shu orqali jamoaning chempionatdagi g'alabasiz o'yinlari seriyasi 5taga etdi.

18 apreldan keyin rimliklar 4 durang, 2 mag'lubiyat va 1 g'alaba qayd etdi. Jamoaning navbatdagi uchrashuvi 22 may kuni "Torino"ga qarshi bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia