"Roma" MYU himoyachisini ijaraga olmoqchi

Narzulla Saydullayev
13 noya 2021
"Manchester Yunayted" himoyachisi Diogu Dalot "Roma"ga ko'chib o'tishi mumkin, deb xabar bermoqda Nikolo Skira tvittyerdagi o'z sahifasida.

Rim klubi rasmiy taklif tayyorlagan. "Roma" portugaliyalik futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.

Eslatib o'tamiz, "Roma"ni portugaliyalik Joze Mourinyu boshqarmoqda. Bu mavsum Dalot MYU safida barcha musobaqalarda 6ta o'yinda maydonga tushdi va 316 daqiqa harakat qildi.

 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira