"Roma" hali ham Solomon uchun da'vogarlik qilmoqda

Alisher
19 yanv 2021, 14:24
"Roma" "Shaxtyor" yarim himoyachisi Manor Solomonga qiziqishni yo'qotmagan.

Sentyabrda jamoalar muzokaralar o'tkazishgandi, ammo bitim narxi bo'yicha kelishuvga erishilmagandi - "Roma" 12 million to'lashga tayyor edi, ammo "Shaxtyor" 25 mln xohladi.

Solomon joriy mavsum "Shaxtyor" libosida 17ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 5ta assist qayd etdi.

Isroillik futbolchining Ukraina chempioni bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato