"Roma" Depay vakillari bilan muzokaralarni boshlab yubordi

Sherzod Nurmatov
8 dek 2022, 15:59
Italiya poytaxti klubi "Barselona" hujumchisi Memfis Depayni jamoaga jalb qilishga harakat qiladi.

Joze Mourinyu boshchiligidagi jamoa 28 yoshli Niderlandiya terma jamoasi futbolchisini tekinga qo'lga kiritmoqchi. Biroq Kataloniya klubi ushbu kelishuvdan 2 mln evro ishlab olmoqchi. 

Depayning yangi klubga o'tishi deyarli aniq. Tomonlar o'zaro kelishib olishi va forvard maoshining ko'zga ko'rinarli darajada kamayishiga rozi bo'lishi kerak bo'ladi.

Memfis Depay joriy mavsum "ko'k-anorranglilar" tarkibida La Ligada atigi 2 marta maydonga tushirildi va 1 ta gol urdi. U mundialning 4 ta o'yinida xuddi shunday natija ko'rsatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es