"Roma" Belottining o'tishini e'lon qildi

Alisher
28 avg 2022, 19:48
Hujumchi Andrea Belotti "Roma" o'yinchisiga aylandi.

Italiya klubi ijtimoiy tarmoqlarda o'yinchining rasmini joyladi.

Oldinroq, 28 yoshli italiyalikning klub bilan uch yillik shartnoma imzolashi xabar qilingan edi.

Belotti o'tgan mavsum "Torino" safida barcha musobaqalarda 23ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 1ta assist qayd etdi. U yozda Turin klubini erkin agent maqomida tark etgan edi.

Italiyalik "buqalar" safida 7 yilni o'tkazdi. Belotti "Torino" tarkibida 251ta o'yinda 113ta gol urishga erishgan.

[instagram]

 [/instagram]

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/OfficialASRoma