"Roma" asosiy futbolchisi bilan shartnomani uzaytirishga urinib ko'radi

Sherzod Nurmatov
13 may 2025, 19:57
Vaziyatni Yevropadagi yirik klublar kuzatib bormoqda.

Italiyaning "Roma" jamoasi o'zining asosiy o'yinchisi bilan shartnomani uzaytirish uchun harakat qilmoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lum qilishicha, "jalorossi" rahbariyati jamoaning asosiy darvozaboni Mile Svilar bilan 2030 yil iyun oyining oxirigacha yangi uzoq muddatli shartnoma imzolashni xohlamoqda. Shartnoma yaxshilangan moliyaviy shartlar asosida tuziladi.

Shuningdek, Serbiya milliy terma jamoasining 25 yoshli futbolchisi bilan bog'liq vaziyatni Yevropaning nufuzli klublari – Londonning "Chelsi" va Myunxenning "Bavariya" jamoalari diqqat bilan kuzatayotgani takidlanmoqda. Uning "bo'rilar" bilan hozirgi bitimi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Mile Svilar joriy mavsum "Roma" libosida 48 o'yin o'tkazib, shulardan 18 tasida darvozasi daxlsizligi saqlab qoldi. Transfermarkt portali posbonni 17 mln evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/NicoSchira