Roy Xodjson: Polshaga qarshi bo'ynimizga pichoq tiralgan holda o'ynaymiz

Narzulla Saydullayev
12 okt 2013, 10:35
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Xodjson JCH-2014 saralashi doirasidagi Chernogoriyaga qarshi o'yindan (4:1) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Asosiy tarkib haqida ancha o'ylagandim. Jeyms Milner va Jek Uilsher kabi o'yinchilarni zaxirada qoldirish oson bo'lgani yo'q.

Hozircha faqat yarim ishni bajardik, ammo kamida pley-offda o'ynashimizni bilish yaxshi. Biroq biz Polshani mag'lub etmoqchimiz. O'sha bahsda pichoq tiralgan holda o'ynaymiz, – deydi Xodjson.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru