Rodri: "Tayanch yarim himoyachilari marketologlar va muxlislarni hayratga soladiganlar toifasiga kirmaydi"

Sherzod Nurmatov
6 sen 2024, 18:33
"Manchester Siti" xavbeki Rodri 2024 yilgi "Oltin to'p" uchun nomzodlar ro'yxatiga kiritilgani borasida taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bundan juda faxrlanaman. Keling, keyin nima bo'lishini ko'ramiz. Men jarayonga ta’sir ko'rsata olmayman. Nima bo'lishidan qati nazar buni qabul qilaman. Minnatdorman, chunki men da'vogarlar orasidaman – va bu allaqachon orzu va iltifot. Nima bo'lishidan qati nazar hammasini to'g'ri qabul qilaman.

Tayanch yarim himoyachilari futbolda marketologlar va muxlislarni hayratga soladiganlar toifasiga kirmaydi. Ularga gol va golli uzatmala yoqadi. Shu sababdan ham bu mukofotlar hujumchilar, vingerlar yoki hujumkor yarim himoyachilarga beriladi", – dedi Rodri.

E'tiborli jihati, kuni-kecha Dani Karvaxal "Oltin to'p" borasida keskin ancha fikr bildirgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo