Rodri zich taqvimni tanqid qildi

Sherzod Nurmatov
10 iyul 2024, 17:50
Ispaniyalik bu bo'yicha qandaydir chora ko'rish kerak deb hisoblaydi.

"Manchester Siti" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri zich taqvimdan norozi.

"Odamlar faqat o'yinni ko'radi, lekin oldingi davr, tayyorgarlik, sayohat, mehmonxonada o'tkazgan vaqtlar ham bor. Rostini aytsam, bu borada biror narsa qilish kerak. O'yinlar ko'payib bormoqda va bu to'xtaydiganga o'xshamaydi.

Siz futbolchilar haqida qayg'urishingiz kerak. Men buni juda yaxshi tushunaman. Futbol biznes ekanligini bilaman, buning uchun katta pul jalb etilishini ham bilaman, lekin sportchilarga g'amxo'rlik qilishingiz kerak bo'lgan nuqta ham bor", – dedi ispaniyalik futbolchi.

28 yoshli xavbek o'tgan mavsum klub miqyosida 50 ta o'yin o'tkazdi. U Yevropa chempionatida 5 ta uchrashuvda ham qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian