Robertson “Benfika” muxlislari haqida: “Ehtimol, endi ular chekishni tashlar”

Eldor Akmurzayev
6 apr 2022
Chempionlar Ligasi 1/4 finalida “Liverpul” safarda “Benfika”ni ishonchli hisobda (3:1) mag'lub etdi.

Mersisaydliklar himoyachisi Endryu Robertson burchak zarbasini amalga oshirayotgan vaqtida raqib jamoa muxlislari unga yondirgich (zajigalka) uloqtirganini aytdi.

“Menga yondirgichlar otishdi. Ehtimol, bu endi ularni chekishni tashlashga majbur qilar. Har qanday holatdan ijobiy tomonini qidirish kerak”, deydi Robertson.

Eslatib o'tamiz, javob bahsi 13 aprel kuni “Enfild”da o'tkaziladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal