Roberto Martines: MYU transfer masalalarini shunday hal qilishini eslay olmayman

Tolibjon Qosimov
23 avg 2013, 17:08
Everton bosh murabbiyi Roberto Martines Manchester Yunayted tomonidan Maruan Fellayni va Leyton Beynsni sotib olish harakatlari haqida aytib o'tdi.
MYU ikkala futbolchi uchun umumiy miqdorda 28 million funt taklif qildi. Keyinroq 35 millionlik taklif haqida xabar chiqdi.

Manchester Yunayted transferlarni mana shunday tarzda hal qilganini eslay olmayman. Agar sen futbolchini sotib olmoqchi bo'lsang jimgina o'z ishingni qilasan, balki ularning uslubi o'zgargandir.

Fellayni va Beyns borasida yangi taklif olishimizga ishonmayman. Buni taklif deb ham bo'lmaydi, sababi bu narx futbolchilarning asl narxidan juda ham kam.

Men futbolchilarga aniq bir narx qo'ymoqchi emasman, umuman ularni sotishni ham istamayman. Shunchaki sen boshqa klubdan futbolchi sotib olmoqchi bo'lsang, o'sha klub futbolchi uchun sarflagan pulidan ko'proq narx taklif etishing lozim, – deydi Martines.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru