Roberto Manchini: Shakiri o'yin amaliyotiga ega emas, shu bois tavakkal qilmaymiz
11 yanv 2015, 01:14
Inter bosh murabbiyi Roberto Manchini "Jenoa"ga qarshi o'yinda Jyerdan Shakiri asosiy tarkibga kiritilmasligini aytib o'tdi.
Shakiri dekabrning o'rtalaridan buyon maydonga tushmay kelmoqda. U etarlicha o'yin amaliyotiga ega emas. Shu boisdan "Jenoa"ga qarshi o'yinda uni asosiy tarkibga kiritib, tavakkal qilmoqchi emasman. Shakirini jarohat olishini istamaymiz.