

"Ronaldu "Oltin to'p"ni qo'lga kiritadi. Yevropa chempionatida g'alaba qozonadimi, yo'qmi, bu ahamiyatga ega emas. Bu borada Chempionlar ligasi juda muhim rolni o'ynaydi. Ronalduning irodasi, gollari, sovrinlari va "Real"dagi statistikasini hisobga olsak, u bunga munosib. Krishtianu jahonning eng kuchlisi" - deydi Roberto Karlos.


