Robert Gay “Yozyovon-Lochinlari” jamoasida ish boshladi

22 yanv 2016, 18:00
Birinchi liga ishtirokchisi “Yozyovon-Lochinlari” jamoasida bosh murabbiy o'zgardi.

Bungacha jamoaga ustozlik qilib kelgan yosh murabbiy Islomjon Ismoilov iste'foga chiqdi. Klub rahbariyati esa uning o'rniga Robert Gayni olib kelishga qaror qilgan. Ushbu mutaxassis ilgari ham birinchi liga klublarini boshqargan va u uchun birinchi ligada ishlash yangilik emas. Muxlislar yaxshi eslashsa kerak, Gay 2013 yili “Chust-Paxtakor”ni kurashchan jamoa sifatida shakllantirgandi. Endilikda ushbu murabbiydan yozyovonliklarning ham umidi katta. Aytishlaricha bosh murabbiy jamoada ishni boshlab yuborgan. Unga sobiq futbolchi Lutfullo Haydarov yaqindan yordam bermoqda. 


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia