Robert Gay “Yozyovon lochinlari” – bosh murabbiyi?!

Aziz Tukhtamuradov
16 yanv 2016, 15:33
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan “Yozyovon lochinlari” jamoasi bugun Qo'qonda “Qo'qon-1912” o'rinbosarlariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Mazkur o'yinda yozyovonliklarni “Shahrixonchi” va “Andijon”dagi o'yinlari orqali tanilgan Lutfulla Haydarov murabbiy sifatida maydonga boshlab tushdi.

Klub rahbarlarining ma'lum qilishlaricha, yaqin kunlar ichida “Yozyovon lochinlari”da taniqli mutaxassislardan biri Robert Gay ish boshlashi mumkin ekan.

Yozyovonliklar bosh murabbiy lavozimiga aynan shu mutaxassisni loyiq topishdi. Lutfulla Haydarov esa yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritishi kutiomoqda.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: kokand1912.uz