Robbim Hasanov mavsumni “Andijon”da boshlaydi

Narzulla Saydullayev
12 fev 2016
Toshkentda yig'in o'tkazayotgan andijonliklar selekciya ishlariga jiddiy e'tibor qaratgan xolda, o'z safiga mahoratli o'yinchilarni qo'shib olishda davom etmoqda.

Mavsumlar oralig'ida “So'g'diyona” mashg'ulotlarida ishtirok etib kelgan Robbim Hasanov joriy mavsumni jamoamizda o'tkazadigan bo'ldi. Klub va futbolchi o'rtasida kelishuvga erishildi. Shu bois 28 yoshli markaziy yarim himoyachi bugun kechki mashg'ulotlarda “Andijon” safiga kelib qo'shiladi.   

"Andijon" FK matbuot xizmati.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia