"River Pleyt" - "Boka Xuniors" o'yini Argentinadan tashqarida o'tkaziladi

27 noya 2018, 23:45
"River Pleyt" hamda "Boka Xuniors" o'rtasidagi Libertadores kubogining ikkinchi finali yana qoldirildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "River Pleyt" hamda "Boka Xuniors" o'rtasidagi Libertadores kubogining ikkinchi finali 8 yoki 9 dekabr kuni Argentinadan tashqarida o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, "River Pleyt" hamda "Boka Xuniors" o'rtasidagi Libertadores Kubogining ikkinchi finali 24 noyabr kuni bo'lishi kerak edi. Ammo mezbon jamoa muxlislari "Boka" avtobusiga hujum qilganidan so'ng, bahs boshqa muddatga ko'chirilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/brfootball