River Pleyt Falkaoga qiziqmoqda

Aziz Tukhtamuradov
2 apr 2015, 21:15
Ayni paytda Manchester Yunaytedda ijara asosida o'ynayotgan Monako futbolchisi Radamel Falkao Janubiy Amerikaga qaytishi mumkin.

29 yoshli kolumbiyalik futbolchiga "River Pleyt" tomonidan qiziqish bildirilmoqda.

"Biz Falkaoni o'z tarkibimizda ko'rishni orzu qilmoqdamiz. Eshiklarimiz uning uchun doimo ochiq. Ammo, u bilan shartnoma imzolash qiyin bo'ladi", - deydi argentinaliklar klubi vice-prezidenti Matias Patanyan.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru