Rivaldo: "PSJ YCHLda g'alaba qozonish uchun barcha imkoniyatlarga ega"

19 iyul 2020, 00:35
Braziliya terma jamoasi sobiq o'yinchisi Rivaldo Chempionlar Ligasida g'alaba qozonish uchun PSJning imkoniyatlarini yuqori baholadi.

"PSJ allaqachon o'rtoqlik o'yinlari orqali YCHLga tayyorlanishni boshlab yubordi. Aftidan, ularda finalga chiqish uchun yaxshigina yo'l hosil bo'ldi – chorak finalda "Atalanta", ehtimol, yarim finalda "Atletiko".

O'ylaymanki, ular nihoyat turnirda g'alaba qozonish uchun barcha imkoniyatlarga ega bo'lishdi. Men Neymar uchun juda xursand bo'laman", – deydi Rivaldo.

O'xshash yangiliklar


Manba: Betfair