Risharlison braziliyaliklar orasida APLda gol urish bo'yicha Koutinoga yetib oldi. Undan oldinda faqat Firmino va Jezus

Alisher
7 dek 2021, 12:57
"Everton" Angliya chempionati 15-tur doirasida "Arsenal"ni 2:1 hisobida taslim etdi.

"Ko'klar" forvardi Risharlison o'yinda hisobni qisqartirdi. Bu 24 yoshli braziliyalik uchun APLdagi 41-gol bo'ldi.

"Liverpul" sobiq yarim himoyachisi Filippe Koutino ham shuncha gol urgan, undan oldinda faqat Roberto Firmino (70) va Gabi Jezus (52) bor.

Risharlison joriy mavsum APL doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia