Riberi "Salernitana" mashg'ulotlarida jarohat oldi

Alisher
12 okt 2021
"Salernitana" yarim himoyachisi Frank Riberi mashg'ulotlarda jarohat oldi.

38 yoshli futbolchi o'zida noqulaylik his qildi va mashg'ulotlarni oxirigacha etkaza olmay, maydonni tark etdi.

Riberi to'piq tekshiruvini o'tkazish uchun klinikaga yo'l oldi.

Eslatib o'tamiz, francuz "Salernitana"ga sentyabrda erkin agent maqomida o'tgandi. U joriy mavsum 4ta o'yin o'tkazdi.


AlisherMuallif
Manba: ussalernitana1919.it