"Reyms" muddatidan avval chempion bo'lib, oliy ligaga chiqdi va uni juda chiroyli nishonladi (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
21 apr 2018, 15:32
20 aprel kuni "Reyms" o'z uyida "Ayachcho"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi va David Giyon jamoasi Fransiyaning ikkinchi darajali ligasi chempioniga aylandi.

Mavsum yakunlanishiga 5 tur qolganida "Reyms" yaqin taqibchisidan 13 ochkoga uzoqlashdi, biroq jamoaning zaxirasida bitta o'yin bor.

Shunday qilib, "qizil-oqlar" kelasi mavsumni Fransiyaning oliy ligasida boshlaydi. "Reyms" mamlakatning olti karra chempioni hisoblanadi, ammo so'nggi marta ushbu muvaffaqiyat 1961/62 mavsumda qayd etilgan.








O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia