

"Fergyuson bilan gaplashib turish - men uchun ajoyib hissiyot beradi. Men uning qo'l ostidagi jamoada to'p sura olmaganimdan afsuslanaman.
Hammada ham bunday holat bo'lmasa kerak. U 10-15 daqiqaga menga qo'ng'iroq qiladi va telefonda gaplashamiz. U holatni ko'rib borib, barchaga yordam berayotganidan xursandman. Bu ajoyib holat.
To'g'risini aytsam, u ilk kunlardanoq, faoliyatimni boshlagan ondanoq meni qo'llab-quvvatlagan. Uning gaplarini eshitish doimo foydali", - dedi Reshford.



