Remsi va Flamini "Nyukasl" bilan o'ynay olishadi

Narzulla Saydullayev
10 dek 2014, 22:55
"Arsenal" yarim himoyachilari Aaron Remsi va Mate Flamini shanba kungi "Nyukasl" bilan o'yinga qadar safga qaytishadi.
Ikkala futbolchi YCHL 6-turi doirasidagi "Galatasaroy"ga qarshi o'yinning tanaffusida almashtirildi. Bahsda "kanonirlar" 4:1 hisobida zafar quchishdi. Aaron dublga erishdi.

Remsi va Flaminining jarohatlari u qadar jiddiy emas. Ikkala futbolchi ham "Emireyts"da bo'lib o'tadigan "Nyukasl"ga qarshi uchrashuvda ishtirok eta olishadi.

"Remsi va Flamini kecha ozgina og'riq sezishdi. Shanbagacha barchasi joyida bo'ladi", - deydi "Arsenal" ustozi Arsen Venger Sky Sports nashriga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru