Remsi grandlar bilan muzokara o'tkazadi

Aslanov Jasurbek
1 yanv 2019, 18:45
"Arsenal" yarim himoyachisi Aaron Remsi kelajagi borasida bir qarorga kelgani yo'q.

28 yoshli xavbek yanvarda Yevropaning beshta top klubi bilan muzokara o'tkazadi.

Remsi faoliyatini "Bavariya", "Inter", "Yuventus", PSJ va "Real"da davom ettirish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda.

Uelslik sentyabrda "Arsenal" bilan yangi bitim borasida muzokaralarni to'xtatgan edi. Yozda u erkin agent sifatida boshqa klubga o'tishi mumkin.

Futbolchining o'zi hoziroq klubini o'zgartirishga tayyor, ammo londonliklar Remsi uchun 40 mln. funt talab qilishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC