Regilonga APL va A Seriyadan takliflar bor

Alisher
29 avg 2020, 18:30
"Real" himoyachisi Serxio Regilon faoliyatini Angliya yoki Italiyada davom ettirishi mumkin.

23 yoshli futbolchiga "Tottenxem", "Manchester Yunayted", "Yuventus" va "Inter" klublari qiziqish bildirmoqda.

"Qirollik klubi" himoyachining sotuvidan 20-25 million evro ishlab olmoqchi.

Serxio yakunlangan mavsumni "Sevilya"da ijarada o'tkazdi. U La Ligada 31ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 4ta assist qayd etdi. Regilon andalusiyaliklar tarkibida Yevropa Ligasi g'olibi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca