Rednapp MYUning faqatgina bir futbolchisi hozirgi "Siti"ning tarkibida o'ynay olishini aytdi

Mirjalol Normatov
29 okt 2023, 16:29
"Tottenxem"ning sobiq bosh murabbiyi Xarri Rednapp "Manchester Yunayted"ning faqatgina bir futbolchisi hozirgi "Manchester Siti"da o'ynashi mumkin.

"Agarda MYUdan "Manchester Siti"ga kimnidir olish kerak bo'lsa, faqatgina bir kishini tanlagan bo'lardim. Gap Markus Reshford haqida ketmoqda. "Yunayted"ning amaldagi tarkibidan boshqa hech kim "Siti"ga kerak emas.

Brunu? "Siti"ning hozirgi yarim himoyasini hisobga olsak, u zaxirada o'tirgan bo'lardi. Boshqa futbolchilarda esa "Siti"da o'ynash uchun umuman imkoniyat yo'q", - dedi Rednapp "The Sun" nashriga.

Bugun soat 20:30da "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" o'rtasidagi bahs start oladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun