

“Juda va juda yomon o'yin. Shunday yirik mamlakatingizda yaxshi futbolchilar yo'qligidan xafa bo'ldim. Rossiya aholisi qancha edi? 140 mln. Bu juda ko'p. Guruhdan chiqa olmaganingizning asosiy sababi futbolchilarning darajasi pastligi tufayli. Kecha futbolchingiz shunchaki golni daniyaliklarga sovg'a qildi. Belgiyaga qarshi o'yinda Lukaku gol urgan vaziyatda himoyachingiz qilgan xatoni ham eslayman.
Jiddiy aytadigan bo'lsam, murabbiy (Stanislav Cherchesov)ni iste'foga chiqarish sizlarga yordam bermaydi. Hech bir murabbiy kuchsiz futbolchilar bilan muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Bu mumkin emas.
Klopp ham Pep ham Rossiya TJ bilan hech narsa qilolmasdi. Murabbiylar sehrgar emas, ular mo'jiza yaratolmaydi. Agar futbolchilar kerakli darajada bo'lmasa, murabbiylar buni bartaraf etolmaydi. Sizlar futbolchilaringiz haqida o'ylashingiz kerak. Ular Yevropadagi chempionatlarda o'ynashadimi? APLda hech kim yo'q. Pavlyuchenko qayerda, Arshavinchi?”, deydi Rednapp.



