"Real"ning uch nafar asosiy futbolchisi "Levante"ga qarshi o'ynamaydi

Narzulla Saydullayev
9 sen 2017, 09:21
Madridning "Real" klubining "Levante" bilan uchrashuv uchun qaydnomasi e'lon qilindi.

18 nafar futbolchi kiritilgan ro'yxatda Keylor Navas va Luka Modrich qayd etilmagan. "Qirollik klubi" ustozi Zinedin Zidan ularga shunchaki dam olish imkoniyatini yaratib bergan.

Bugun shuningdek Krishtianu Ronaldu ham maydonga tusha olmaydi. U diskvalifikaciya muddatini o'tamoqda. "Real" va "Levante" o'rtasidagi o'yin 9 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi.

Darvozabonlar: Kiko Kasilya, Luka Zidan;

Himoyachilar: Daniel Karvaxal, Xesus Valexo, Serxio Ramos, Nacho Fernandes, Marselo, Teo Ernandes;

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Kazemiro, Markos Lorente, Marko Asensio, Isko, Mateo Kovachich, Dani Sebalos;

Hujumchilar: Karim Benzema, Garet Beyl, Lukas Vaskes.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: realmadrid.com