"Real"ning navbatdagi a'zosi jarohat oldi

Eldor Akmurzayev
29 iyul 2019, 23:10
Real posboni Tibo Kurtua Atletikoga (3:7) qarshi o'tgan uchrashuvda jarohat orttirib olgani ma'lum bo'ldi.

Madridliklarning rasmiy sayti xabariga ko'ra, 27 yoshli kiper 2-3 haftaga safdan chiqqan. Shunday qilib, Kurtua ham LaLiganing startini o'tkazib yuborishi mumkin. 

Hozirda qirollik klubining lazaretidan Kurtua bilan birgalikda Luka Yovich, Ferlan Mendi, Braim Dias, Marko Asensiolar joy olishgan. 

Eslatib o'tamiz, Zayniddin Zidan shogirdlari Ispaniya chempionati yangi mavsumidagi ilk turini 17 avgust kuni mehmonda Seltaga qarshi o'tkazadi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: realmadrid.com