"Real"ning mashhur murabbiyi Pintus Gvardiolaga kerak. "Manchester Siti" unga "qoyilmaqom" taklif yubordi

Tolibjon Qosimov
15 may 2024, 18:27
"Manchester Siti" klubi "Real"ning jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi Antonio Pintusni taklif qilmoqchi.

"Libertad Digital"ning ma'lumotiga ko'ra, ingliz klubi "Real"ning mashhur murabbiyiga "qoyilmaqom" taklif bilan chiqqan. Ushbu taklifning batafsil ma'lumotlari hozircha oshkor qilinmayapti.

Tasdiqlanishicha, Pintusning jalb etilishiga "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiolaning shaxsan o'zi va yordamchilari Xuanma Lilo hamda Karlos Visens qiziqish bildirmoqda.

Pintus "Real" da Karlo Anchelottining murabbiylar shtabiga 2021 yilda kirgan. U oldinroq 2016 yildan 2019 yilgacha ham Madrid klubida ishlagan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Libertad Digital