
So'rovnomada "Santyago Bernabeu"ning nomi o'zgarishi borasidagi muxlislarning fikri so'ralgan.
Oldinroq "Real" prezidenti Florentino Peres stadionning yangi nomi borasida o'z fikrlarini aytgandi:
"Stadionimiz IPIK Bernabeu yoki homiylar xohishiga qarab nomlanishi mumkin. Menimcha, Cepsa Bernabeu bo'lishi ham extimoldan holi emas".
Gap "Real"ning Abu-Dabi International Petroleum Investment Company (IPIC) haqida ketayotgan edi.
So'rov natijalariga ko'ra, 66,23% o'quvchiga stadionning bo'lishi mumkin bo'lgan yangi nomi yoqmadi.