"Real"ning ko'plab muxlislariga "Santyago Bernabeu"ning yangi nomi yoqmayapti

Aslanov Jasurbek
20 noya 2014, 17:44
Ispaniyaning "AS" nashri o'z o'quvchilari o'rtasida so'rov o'tkazdi.

So'rovnomada "Santyago Bernabeu"ning nomi o'zgarishi borasidagi muxlislarning fikri so'ralgan.

Oldinroq "Real" prezidenti Florentino Peres stadionning yangi nomi borasida o'z fikrlarini aytgandi:

"Stadionimiz IPIK Bernabeu yoki homiylar xohishiga qarab nomlanishi mumkin. Menimcha, Cepsa Bernabeu bo'lishi ham extimoldan holi emas".

Gap "Real"ning Abu-Dabi  International Petroleum Investment Company (IPIC) haqida ketayotgan edi.

So'rov natijalariga ko'ra, 66,23% o'quvchiga stadionning bo'lishi mumkin bo'lgan yangi nomi yoqmadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com