"Real"ning keyingi mavsum uchun transfer rejalari ma'lum bo'ldi

Sherzod Nurmatov
28 mar 2023, 14:16
Katta yangilik bo'lmaydi.

"Real" kelasi mavsum uchun tarkibini jiddiy ravishda kuchaytirishni rejalashtirmayapti. Bu haqda "Marca" xabar bermoqda.

Tarkib jiddiy o'zgarmasligini hisobga olsak, "qaymoqranglilar" Karlo Anchelottini bosh murabbiy sifatida saqlab qolishni rejalashtirmoqda. Mutaxassis jamoa bilan yaxshi til topishadi, shuning uchun "blankos" uni boshqasiga almashtirish uchun asos ko'rmayapti. Bundan tashqari, italiyalik mutaxassis klubning rejalari muhokama qilinadigan barcha yig'ilishlarda qatnashmoqda.

Avvalroq "Atletiko" yana "Real" futbolchisi bilan shartnoma imzolashga urinib ko'rmoqchi ekanligi ma'lum bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca