"Real"ning ikki nafar chap qanot himoyachisi "Sevilya"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Alisher
14 apr 2022, 17:23
"Real" "Sevilya"ga qarshi o'yin oldidan ikki chap qanot himoyachini yo'qotdi.

Mushak jarohati sabab bugungi mashg'ulotda Marselo va Ferlan Mendi ishtirok etmadi.

Francuzning ikki hafta, braziliyalik futbolchining esa bir haftani o'tkazib yuborishi kutilmoqda.

"Real" "Sevilya" bilan 17 aprel kuni Ispaniya chempionati 32-tur doirasida o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca