"Real"ning "Atletiko" bilan rasmiy tushligi bir futbolchi tufayli bekor qilinishi mumkin

Aslanov Jasurbek
5 apr 2017, 11:10
"Real" hamda "Atletiko" vakillari o'rtasida LaLiganing 31-tur uchrashuvidan oldin bo'ladigan tushligi bekor bo'lishi ehtimoli katta.

Ma'lumotlarga ko'ra, bunga sabab "Alaves" himoyachisi Teo Ernandesning 24 mln. evro evaziga "Real" safiga o'tishi bo'lishi mumkin. Ernandesning transfer huquqi "Atletiko"ga tegishli, futbolchi ijara asosida "Alaves" sharafini himoya qilmoqda. Oldinroq "Real" futbolchi bilan kelishuvga erishgani e'lon qilingandi. "Atletiko" bu vaziyatdan norozi.

8 aprel kuni "Real" hamda "Atletiko" o'rtasidagi poytaxt derbisi "Qirollik klubi" maydonida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Onda Cero