"Real"da yana yo'qotish. Jud Bellingem diskvalifikaciya qilindi

Tolibjon Qosimov
6 mar 2024, 17:28
Ispaniya LaLigasi 27-turi doirasida "Real" jamoasi safarda "Valensiya" bilan 2:2 hisobida durang o'ynagan edi.

Ana shu uchrashuv final xushtagi chalinganidan keyin qizil kartochka olgan madridliklar yarim himoyachisi Jud Bellingem 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Uchrashuv yakunlanganidan keyin Bellingem bosh hakam Xesus Xal Mansanoning oldiga yugurib borgan va "Real" hujumi yakunlanmasidan final xushtagini chalib yuborgani uchun keskin etirozlarini bildirgan. O'sha epizodda to'p "Valensiya" jarima maydonchasiga uzatilayotgan hakam o'yinni tugatib yuborgan, Jud esa bosh bilan gol urgan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Mundo Deportivo