“Real”da Upamekanoni qo'lga kiritish uchun yaxshi imkoniyat bor

12 apr 2020, 08:17
“RB Leyptsig” himoyachisi Dayo Upamekano hali hamon“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidanning qiziqishlari doirasida.

21 yoshli fransiyalik futbolchi Germaniya klubi bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas va mavsum yakunlangach u yangi jamoga to'p tepishni istamoqda.

As xabariga ko'ra, qirollik klubida ushbu futbolchini qo'lga kiritish uchun imkoniyat ko'proq. Chunki aynan Upamekanoning agenti  madridliklar yarim himoyachisi Toni Krosning agentlik ishlari bilan ham shug'ullanadi.

Shuningdek,  Upamekanoga “Real” u qadar katta maosh bermoqchi emas. Madridliklar francuz futbolchisiga yiliga 2 million evrodan ko'proq maosh to'lash niyatida.

Futbolchining “Leyptsig” bilan kelishuvi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Upamekanoning xizmatlariga shuningdek, “Manchester Siti”, “Liverpul”, “Barselona” va “Milan” ham qiziqayotganligi haqida xabarlar tarqatilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: As