"Real"ning hujumkor yarim himoyachisi Garet Beyl Ispaniya chempionati 7-turi doirasidagi "Espanol"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.
Bu haqda "AS" xabar berdi. Manbaning ma'lumotiga ko'ra, uelslik YCHL doirasidagi "Borussiya"ga qarshi o'yin (3:1)da yangi jarohat orttirib olgan. Yanada aniqroq ma'lumotlar tibbiy ko'rikdan so'ng ma'lum bo'ladi.