"Real" yozda Varanni sotadi

Alisher
21 may 2021, 13:26
"Real" himoyachisi Rafael Varan yangi shartnomani qabul qilmasa, yozgi transfer oynasida klubdan ketadi.

Inqiroz sabab 28 yoshli fransiyalik futbolchiga shartlari pasaytirilgan bitim taklif qilindi, ammo u bitimni uzaytirmasa, klub futbolchini sotadi.

"Manchester Yunayted" Varan uchun bosh da'vogardir. O'yinchiga shuningdek APL va A Seriya klublari qiziqish bildirmoqda.

Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 30ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Express