"Real" yozda Dibalani xarid qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
21 dek 2016, 15:49
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, ispan grandi yozgi transfer oynasida argentinalikni xarid qilmoqchi. Ammo "Qirollik klubi" Dortmundning "Borussiya" forvardi Per-Emerik Obameyyangni ham ko'zdan qochirmayapti.

Oldinroq "Barselona" Dibalaga qiziqayotgani e'lon qilingan edi.

Paulo Dibala joriy mavsumda A Seriyaning 10 ta uchrashuvida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Ole