"Real" Yovich va Dias bilan xayrlashadi

Mirjalol Normatov
28 okt 2021, 23:15
"Real" qishda ikki futbolchisi bilan xayrlashishi mumkin.

"Fichajes"ning yozishicha, Luka Yovich hamda Mariano Dias "Real"ni tark etishi kutilmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ularni o'z rejasiga kiritmagan.

28 yoshli dominikanlik Dias ushbu mavsumda birorta o'yinda qatnashmagan bo'lsa, 23 yoshli serbiyalik Yovich esa 6 o'yinda ishtirok etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Fichajes