"Real" yana bir xavbek bilan kelishib oldi

Eldor Akmurzayev
5 iyul 2019
AS'ning xabar berishicha, Madridning Real klubi Saragosa yarim himoyachisi Alberto Soroning transferi borasida kelishuvga erishdi.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, saragosaliklar futbolchini qirollik klubiga 9 mln evro evaziga sotmoqchi bo'lgan. Biroq, jamoada moliyaviy muammolar bo'lgani sabab Soroni 2,5 mln. evroga ham qo'yib yuborishga rozilik bildirishgan. Endi, qaymoqranglilar faqatgina futbolchining o'zi bilan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishi qoldi.

20 yoshli ispaniyalik xavbek Segundaning yakunlangan mavsumida 29 bahsda qatnashib, 2tadan gol va pas berishga erishgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: AS