

Klubdagilar ushbu transfer ishini "Xoland operaciyasi" deb nomlashgan. Xolandning "Siti"dagi shartnomasiga ko'ra, 2024 yilda tovon puli 240 mln evrogacha tushadi. Ispaniya klubi esa ushbu holatdan foydalanib qolmoqchi. Agarda transfer ishi amalga oshsa, norvegiyalik forvard futbol tarixidagi eng qimmat futbolchi bo'ladi.
Ayni damda eng qimmat futbolchi Neymar bo'lib turibdi. 2017 yilda PSJ uni sotib olish uchun "Barselona"ga 222 mln evro to'lagan.



