“Real” Xediraning o'rniga boshqa yarim himoyachi olishi mumkin

18 noya 2013, 09:03
“Real” klubi, jarohat olgan yarim himoyachisi Sami Xediraning o'rniga qishki transferlar oynasi mobaynida yangi futbolchi olishi mumkin.

Ispaniya primerosi reglamentiga binoan, klubdagi o'yinchi jarohati yoki boshqa bir sababga ko'ra, besh oy davomida maydonga tusha olmasa, unda klub uning o'rniga boshqa o'yinchi olishga haqli hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, Xedira 6 oy maydonga tusha olmaydi.

Biroq reglament talablariga binoan, yangi o'yinchi yoki ispaniyalik yoki erkin agent bo'lishi kerak. Legioner esa “Real”ga faqatgina yanvarda qo'shilishi mumkin.


Manba: sports.ru