"Real" xavbeki jarohatidan qutulib, umumiy guruhdagi mashg'ulotlarga qaytdi

Alisher
21 dek 2019, 13:35
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges umumiy guruhdagi mashg'ulotlarga qaytdi.

Kolumbiyalik xavbek kecha jamoadoshlari bilan La Liga doirasidagi "Atletik"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun mashg'ulotlarda qatnashgan.

Xames noyabr oyi o'rtalarida olgan jarohati sabab maydonga tusha olmayotgan edi, hozir esa u bilan hammasi joyida.

28 yoshli o'yinchi joriy mavsum "galaktikos" tarkibida 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS