"Real" Vinisiusni sotishni ko'rib chiqmaydi

Alisher
23 iyul 2021
Madridning "Real" klubi vinger Vinisius Juniorni sotish variantini ko'rib chiqmaydi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, braziliyalik yozda aniq "qirollik klubi"ni tark etmaydi.

Oldinroq tarqalgan xabarlarga ko'ra, MYU futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi va "qaymoqranglilar" uni qo'yib yuborishga tayyorligi aytilgan edi. Ammo, tasdiqlangan so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, Madridda o'yinchiga ishonch bildirishmoqda.

21 yoshli vinger o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 49ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 7ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano