"Real" Vaskesni sotishga Braim Diasni ijaraga berishga tayyor

15 iyun 2019, 21:40
"Real" yarim himoyachisi Braim Dias va Lukas Vaskes mavsum oralig'ida klubni tark etishi mumkin.

Madridliklar 27 yoshli Vaskesni sotishga, 19 yoshli Braimni ijaraga berishga tayyor ekanligini ma'lum qildi. 

Azar va Rodrigoning kelishi Vaskesga qimmatga tushgan bo'lsa, Braimning ketishini Zinedin Zidan xohlamoqda. Fransiyalik mutaxassisning maqsadi Braimni ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi va 1 yildan keyin klubga kelib qo'shilishi ekani ma'lum bo'ldi.


O'xshash yangiliklar


Manba: marca.com